Foydalanish shartlari
Oxirgi yangilanish: 2026-yil 11-noyabr
Qisqasi: 18 yoshdan katta bo'ling, faqat o'zingizning haqiqiy rasmlaringizni qo'ying, boshqalarga hurmat bilan munosabatda bo'ling va hech kimdan pul so'ramang. Qoidani buzgan akkaunt bloklanadi.
Ushbu shartlar Nver xizmatidan (nver.one, @NverOneBot va uning ilovasi) foydalanish tartibini belgilaydi. Ro'yxatdan o'tib yoki xizmatdan foydalanib, siz shartlarga rozilik bildirasiz.
1. Kimlar foydalana oladi
- Faqat 18 yoshdan katta shaxslar.
- Bir kishi — bitta akkaunt. Akkaunt shaxsiy, uni boshqalarga berish yoki sotish mumkin emas.
- Siz kiritgan ma'lumotlar (ism, yosh, rasmlar) haqiqiy bo'lishi kerak.
2. Taqiqlanadi
- Boshqa odamning rasmi yoki nomidan foydalanish, soxta anketa ochish.
- Pul, karta raqami, kod yoki sovg'a so'rash, har qanday firibgarlik.
- Haqorat, tahdid, ta'qib, kamsitish, bezorilik.
- Odobsiz yoki zo'ravonlikka oid kontent, 18 yoshga to'lmaganlarga oid har qanday kontent.
- Reklama, spam, boshqa xizmatlarga havola tarqatish, tijoriy yoki pullik «tanishuv» xizmatlarini taklif qilish.
- Xizmatni buzishga, avtomatlashtirilgan dasturlar bilan ishlatishga yoki boshqalarning ma'lumotlarini yig'ishga urinish.
3. Moderatsiya
- Rasmlar va anketalar tekshiriladi. Qoidaga to'g'ri kelmagan rasm sababi aytilgan holda rad etiladi.
- Har bir anketa va xabar ustidan shikoyat qilish mumkin. Bir necha kishi shikoyat qilgan anketa avtomatik yashiriladi va ko'rib chiqiladi.
- Qoidabuzarlik uchun ogohlantirish beriladi yoki akkaunt vaqtincha yoki butunlay bloklanadi. Jiddiy holatlarda bu oldindan ogohlantirmasdan qilinadi.
4. Pullik xizmatlar
- Asosiy imkoniyatlar bepul. VIP, Premium galochka, tangalar va boshqa qo'shimcha imkoniyatlar pullik.
- Narxlar va muddat to'lovdan oldin ilovada aniq ko'rsatiladi.
- To'lov bir martalik. Avtomatik yechib olish yoki obuna yo'q.
- Pullik imkoniyat to'lov tasdiqlangandan keyin faollashadi: onlayn to'lovda darhol, chek orqali to'lovda tekshirilgandan keyin.
- To'lov qildingiz, lekin imkoniyat yoqilmadimi? Ilovadagi Support orqali 3 kun ichida murojaat qiling, ko'rib chiqib hal qilamiz.
- Qoidabuzarlik uchun bloklangan akkauntning pullik muddati qaytarilmaydi.
5. Xavfsizlik va javobgarlik
- Biz soxta anketalarga qarshi doimiy kurashamiz, lekin har bir foydalanuvchining shaxsini kafolatlay olmaymiz. Muloqotda ehtiyot bo'ling.
- Birinchi uchrashuvni gavjum joyda o'tkazing va yaqiningizga qayerga borayotganingizni ayting.
- Hech kimga pul o'tkazmang va karta ma'lumotlaringizni bermang. Bunday so'rov bo'lsa, darhol shikoyat qiling.
- Foydalanuvchilarning xizmatdan tashqaridagi xatti-harakatlari uchun ularning o'zlari javobgar.
6. Akkauntni o'chirish
Akkauntingizni istalgan vaqtda Profil → Akkauntni o'chirish orqali o'chira olasiz. Ma'lumotlar qanday qayta ishlanishi Maxfiylik siyosatida yozilgan.
7. O'zgarishlar
Shartlar yangilanishi mumkin. Muhim o'zgarishlar haqida bot yoki ilova orqali xabar beramiz. Yangilangandan keyin xizmatdan foydalanishni davom ettirish yangi shartlarga rozilikni bildiradi.
8. Aloqa
Savol va murojaatlar uchun: @NverOneBot → Profil → Support.