Maxfiylik siyosati
Oxirgi yangilanish: 2026-yil 11-noyabr
Ushbu siyosat Nver xizmati (nver.one sayti, Telegram'dagi @NverOneBot va uning ilovasi) foydalanuvchi ma'lumotlarini qanday to'plashi, ishlatishi va himoya qilishini tushuntiradi. Xizmatdan foydalanib, siz ushbu siyosatga rozilik bildirasiz.
1. Qanday ma'lumotlar to'planadi
- Kirish ma'lumotlari. Telegram orqali: Telegram ID, ism, username va til. Google orqali: hisob identifikatori, ism va email.
- Anketa. O'zingiz kiritgan ism, yosh, jins, shahar, o'zingiz haqingizdagi matn, savollarga javoblar, sevimli qo'shiq, rasmlar va ovozli tanishtiruv.
- Joylashuv — faqat o'zingiz yoqsangiz. U masofani hisoblash uchun ishlatiladi. Boshqalarga faqat taxminiy masofa (masalan, «3 km») ko'rsatiladi, aniq manzilingiz hech kimga ko'rinmaydi.
- Tasdiqlash selfisi. ✅ belgisini olish uchun yuborgan selfingiz faqat anketangizdagi rasmlar bilan solishtirish uchun ishlatiladi.
- Ilova ichidagi faoliyat. Yoqtirishlar, Match'lar, xabarlar, shikoyatlar, to'lovlar holati.
- Qurilma sozlamalari. Til, mavzu va kod bilan himoya kabi sozlamalar telefoningizning o'zida saqlanadi.
2. Ma'lumotlar nima uchun ishlatiladi
- Akkauntingizni yaratish va sizni tanib olish.
- Anketangizni boshqa foydalanuvchilarga ko'rsatish va sizga mos odamlarni tavsiya qilish.
- Xabarlar va bildirishnomalarni yetkazish. Qaysi bildirishnomalar kelishini Profil → Bildirishnomalar'da o'zingiz tanlaysiz.
- Xavfsizlik. Soxta akkaunt, spam va firibgarlikka qarshi kurash. Masalan, chatda karta raqami yuborishga urinish yoki pul so'rash avtomatik aniqlanadi va qabul qiluvchi ogohlantiriladi.
- To'lovlarni tasdiqlash va pullik imkoniyatlarni yoqish.
- Xizmatni yaxshilash. Buning uchun umumiy, shaxsga bog'lanmagan statistika ishlatiladi.
3. Boshqalarga nima ko'rinadi
- Ko'rinadi: ismingiz, yoshingiz, shahringiz, rasmlaringiz, matningiz, savollarga javoblaringiz, ovozli tanishtiruvingiz va taxminiy masofa.
- Ko'rinmaydi: telefon raqamingiz, email manzilingiz va aniq joylashuvingiz.
- Telegram profilingiz suhbatdoshingizga faqat sozlamalarda «Telegram profilimni ko'rsatish» yoqilgan bo'lsa ko'rinadi. Uni istalgan vaqtda o'chira olasiz.
- Yashirin rejimni yoqsangiz yoki anketangizni yashirsangiz, u lentada ko'rinmaydi.
4. Ma'lumotlarni ulashish
Biz ma'lumotlaringizni sotmaymiz va reklama maqsadida uchinchi shaxslarga bermaymiz. Ma'lumotlar faqat xizmat ishlashi uchun zarur bo'lgan hollarda ishlatiladi:
- Telegram. Bot xabarlari va media fayllar Telegram infratuzilmasi orqali yetkaziladi va saqlanadi.
- To'lov tizimlari (Payme, Click, Uzum, bank kartalari). Onlayn to'lovda karta ma'lumotlarini faqat to'lov tizimining o'zi qayta ishlaydi. Biz karta raqamingizni ko'rmaymiz va saqlamaymiz.
- Qonun talabi. O'zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan hollarda vakolatli organlarning rasmiy so'roviga binoan.
5. Saqlash va himoya
Ma'lumotlar himoyalangan serverda saqlanadi. Ilovaga kirish shifrlangan ulanish (HTTPS) orqali bo'ladi. Rasmlarga vaqtinchalik, imzolangan havolalar orqali kiriladi. Moderatorlar xabarlarni faqat shikoyat bo'lganda va qoidabuzarlikni tekshirish uchun ko'radi.
6. Sizning huquqlaringiz
- Ko'rish va tahrirlash. Anketangizni Profil → Anketani tahrirlash'da istalgan vaqtda o'zgartirasiz.
- Bildirishnomalar. Profil → Bildirishnomalar'da istalgan turini o'chirasiz.
- O'chirish. Profil → Akkauntni o'chirish. Anketa, rasmlar va yoqtirishlar darhol o'chiriladi. To'lovlar haqidagi yozuvlar buxgalteriya hisobi uchun qonunda belgilangan muddat saqlanishi mumkin.
- Savol yoki shikoyat. Ilovadagi Support orqali murojaat qiling.
7. Yosh cheklovi
Xizmat faqat 18 yoshdan katta shaxslar uchun. 18 yoshga to'lmagan foydalanuvchi aniqlansa, akkaunti bloklanadi.
8. O'zgarishlar
Siyosat yangilanishi mumkin. Muhim o'zgarishlar haqida bot yoki ilova orqali xabar beramiz. Yangilangan sana sahifa boshida ko'rsatiladi.
9. Aloqa
Maxfiylik bo'yicha savollar uchun: @NverOneBot → Profil → Support.